Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Shukur Xolmirzayev tug‘ilgan kun

Bugun Shukur Xolmirzayev tug‘ilgan kun

Foto: «Uza.uz»

Shukur Xolmirzayev – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi. O‘zbek hikoyachiligini Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan yozuvchilardan biri. Atoqli yozuvchini Uza.uz yodga olib o‘tdi.

Shukur Xolmirzayev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. Yozuvchining ilk qissasi «Oq otli» deb nomlangan. Talabalik yillarida yozilgan «To‘lqinlar», «O‘n sakkizga kirmagan kim bor?» qissalari o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan.

Keyinchalik adibning «Olis yulduzlar ostida», «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...», «Bodom qishda gulladi», «So‘nmas olov», «Tog‘larga qor tushdi» kabi hikoyalar to‘plamlari, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik«, «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlari chop etildi.

Shukur Xolmirzayevning hikoya, qissa va romanlari kutilmagan voqealar, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Yozuvchi 2005 yil 29 cyentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring