Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chingiz Aytmatovni yod etib...

Chingiz Aytmatovni yod etib...

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda 11-aprel kuni Samarqand shahrida Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Kechada Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Abdurahmon Soliyev, Universitet dotsenti Azimiddin Nosirov, shoir, «Samarqand kitob olami» majmuasi direktori Xurshid Nurullayev, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Navro‘z Mahkamov, Samarqand shahridagi oliygohlar, litseylar talabalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Foto: «Xabar.uz»

«Samarqand kitob olami» majmuasida Chingiz Aytmatov kitoblari va ftosuratlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Universitet o‘qituvchilari buyuk adib Chingiz Aytmatov asarlari, ularda do‘stlik tushunchasining ulug‘lanishi, asarlarining g‘oyalari, ulardagi inson ruhiyati, tabiat manzaralarining tasvirlanishi kabi mavzularda, ushbu satrlar muallifi esa Chingiz Aytmatovning mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li va faoliyati mavzusida ma’ruzalar o‘qishdi, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berishdi.

Foto: «Xabar.uz»

Tadbir davomida Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiga doir savollar asosida zukkolik viktorinasi ham tashkil etilib, faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Adabiy kecha juda maroqli o‘tdi va Chingiz Aytmatovning idodini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Karimberdi To‘ramurod,
«Xabar.uz»ning maxsus muxbiri

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring