Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deparde va Delonni kashf etgan fransuz rejissyori vafot etdi

Deparde va Delonni kashf etgan fransuz rejissyori vafot etdi

Alen Jessyua

Foto: «Vladtime.ru»

Mashhur fransuz kinorejissyori va yozuvchi Alen Jessyua kasalxonada 85 yoshida vafot etdi. «Le Figaro» gazetasining yozishicha, u o‘limidan oldin ikki tomonlama zotiljam hastaligi tufayli bir oy davomida muolaja olgan.

Alen Jessyua 1932-yili Parijda tug‘ilgan. Uning ilk to‘liq metrajli filmi «Teskari hayot» (1964-yil) Venetsiya festivalida eng yaxshi debyut deb topilgan. Rejissyor bizga Alen Delon ishtirok etgan «Armageddon» (1977-yil) va Jerar Deparde bosh rolda chiqqan «Itlar» (1978-yil) filmlari orqali tanish.

Bundan tashqari, Jessyuya Jan Roshfor bilan «Frankenshteyn-90» komediyasini ham suratga olgan. U rejissyorlik qilgan va ssenariysini yozgan «Qon to‘kish o‘yini» kartinasi Kann kinofestivalida mukofotlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring