Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi samarqandliklar uchun kitoblar bepul tarqatiladi

Endi samarqandliklar uchun kitoblar bepul tarqatiladi

Foto: «Oila davrasida»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi tomonidan Samarqand shahridagi Yoshlar markazida ilk bor «Kitob 24» kitob javoni tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Kitob javoniga jahon va o‘zbek adabiyotining 50 dan ortiq sara asarlari joylashtirildi. Kitobxonlar istalgan vaqtda, o‘zlari xohlagan asarni olib o‘qishlari hamda mavjud asarlarni almashtirib ketishlari mumkin.

Qayd etilishicha, ba’zi ko‘ngillilar kitob sovg‘a qilishmoqda. Hozirga qadar 200 nafardan ortiq yoshlar tengdoshlari bilan kitoblar almashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring