Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada muzeylar bir yilda 20 kun bepul xizmat ko‘rsatadi

Italiyada muzeylar bir yilda 20 kun bepul xizmat ko‘rsatadi

Foto: «GidTravel»

Italiya madaniyat vazirligi 2019-yilda davlat muzeylari 20 kun bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi. Bu haqda «Yevropuls» xabar berdi.

Italiyaga borishni istaganlar 4—10-mart kunlarini mo‘ljalga olib qo‘yishgani ma’qul — shu kunlari mamlakat bo‘ylab davlat muzeylari tekinga ishlaydi. Qolgan bepul kunlarni muzeylarning o‘zlari belgilaydi. Shu paytgacha Italiyada yiliga 12 kun davlat muzeylariga kirish bepul edi.

Yana bir yangilik shundaki, 2019-yildan barcha davlat muzeylariga kirish chiptalari 18—25 yoshlilar uchun 2 yevro qilib belgilangan.

Italiyada 18 yoshgacha bo‘lganlar va san’atni o‘rganuvchilar muzeylarga doim bepul kirishlari mumkin. Muzeylar mutasaddilari ham qo‘l qovushtirib turishgani yo‘q: masalan, 8 mart kuni mamlakatdagi barcha muzeylar xotin-qizlar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring