Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyada o‘g‘irlab ketilgan 26 mln. yevrolik tasviriy san’at asarlari topildi

Italiyada o‘g‘irlab ketilgan 26 mln. yevrolik tasviriy san’at asarlari topildi

Foto: «Twitter.com»

Italiya shimolida politsiyachilar 2017-yilda o‘g‘irlab ketilgan ikki dona tasviriy san’at asarini topishdi, deb xabar bergan «Life.ru». Asarlar Renuar va Rubens qalamiga mansub.

Monsa shahrida shu munosabat bilan jurnalistlar uchun maxsus ko‘rgazma tadbir uyushtirildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar o‘zlarini xaridor sifatida tanishtirib, san’at asarlarini sotuvchilardan ushbu asarlarni o‘g‘irlashgan. Ular ikki dona rasm uchun 26 mln. yevro va’da qilishgan. Sotuvchilar chalg‘iganidan foydalangan o‘g‘rilar rasmlarni olib ko‘zdan yo‘qolishgan.

Italiya matbuoti yozishicha, bu asarlar Turin shahridagi omborxonadan topilgan. Ayni paytda sakkiz nafar shaxs tergovga tortilgan — shulardan to‘rt nafari Italiya, bir nafari Xorvatiya fuqarosi bo‘lib, iyun oyida hibsga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring