Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jahon adabiyotida ilk zarbuldostonning taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda jahon adabiyotida ilk zarbuldostonning taqdimoti o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

10 dekabr kuni Toshkent shahar Sirg‘ali tuman hokimiyatida Safar Olloyor tavalludining 50 yilligi munosabati bilan She’riyat kechasi sifatida jahon adabiyotida ilk zarbuldoston – «Odam va Omad» nomli asarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Safar Olloyorning «Odam va Omad» asari 2018 yil 25 may kuni  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan adabiyotda ilk janr – zarbuldoston sifatida 000800-raqamli Guvohnoma bilan tasdiqlangan edi. Bu hujjat Butunjahon mualliflik huquqlari Konvensiyasiga a’zo dunyoning 167 ta davlatida rasman tan olinadi va amal qiladi.

Shuningdek, joriy yilning 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan Safar Olloyorga badiiy adabiyotda ilk janr «Qo‘shsatr» muallifi sifatida 001777-raqamli guvohnoma berilgani haqida ham xabar bergan edik.

Tadbirda shoirning maslakdoshlari, muxlislari, faxriylar, ijodkor yoshlar va faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring