Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi

Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi

Xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Co‘nggi vaqtlarda Jahongir Otajonov ana shunday mas’uliyatni biroz unutib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Joriy yilning may oyi, ya’ni muborak Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonov tomonidan san’atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar kuzatilgandi. Bu shunchaki o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday ko‘rinish yoshlar orasida, jamoatchilik o‘rtasida san’at ahli to‘g‘risida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmagan edi» deyiladi bayonotda.

Shuningdek, qo‘shiqchi OAVda yangragan jamoatchilik tanqidiga javoban ijtimoiy tarmoqlar orqali salbiy fikrlar bildirgan. 

Aynan shu sabablarni hisobga olgan holda xonanda bilan tuzilgan 7422-son litsenziyaning amal qilishi 2019 yil 14-oktyabr kunidan tugatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring