Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kinematografiya agentligi tugatiladi

Kinematografiya agentligi tugatiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident sohani boshqarish, moliyalashtirish va film yaratish vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga o‘tilishini ma’lum qildi. Avvalo, ixcham va zamonaviy boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi.

Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi.

Vazirlikda Kino san’ati departamenti tashkil etiladi. Departament rahbarining maqomi vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

«O‘zbekfilm»ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi «O‘zbekfilm» milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi.

Prezidentimiz yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratish va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha tayanch markaz hamda bosh operator bo‘lishini ta’kidladi.

«O‘zbekfilm» milliy kinokompaniyasi film ishlab chiqarmaydi. Filmlarni yaratish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi. Kompaniya loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, filmlarni targ‘ib qilish, tarqatish, xalqaro bozorlar va festivallarga olib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Bu orqali filmni ishlab chiqarishdan tomoshabinga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon yaxlit tizimga birlashadi. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring