Misrda 4500 yillik qabrlar topildi (foto)
Misrning Asvon shahridagi Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar Qadimgi podsholik davrida (mil. avv. 2649–2150-yillar) yaratilgan qoyali maqbaralar majmuasini aniqlashdi. Bu haqda Ahram Online nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, keyingi tarixiy davrlarda ushbu maqbaralardan takroran foydalanilgan. Bu jarayon Birinchi o‘tish davri (taxminan mil. avv. 2150–2030-yillar) va O‘rta podsholik davrida (taxminan mil. avv. 2030–1640-yillar) yuz bergan.
Misr Qadimiy yodgorliklar oliy kengashi vakili Hishom al-Laysiy bergan ma’lumotga ko‘ra, ikkita dahma ichida 160 ga yaqin sopol idish topilgan. Ularning yuzasida iyeratik yozuvda (qadimgi misr kursivi) bitilgan matnlar saqlanib qolgan.
Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu idishlarda suyuqliklar va don saqlangan.

Bundan tashqari, majmuaning tashqi hovlisida bronza ko‘zgular, alebastr idishlar, marjonlar va tumorlar kabi boshqa buyumlar ham topildi.






Al-Laysiy qo‘shimcha qilishicha, ushbu artefaktlarning barchasi O‘rta podsholik davriga tegishlidir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter