Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori: «Yosh kitobxon» tanlovi davom ettiriladi

Prezident qarori: «Yosh kitobxon» tanlovi davom ettiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 12-may kuni «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining mamlakat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Buyuk alloma, adib va mutafakkirlar ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida «Yosh kitobxon» tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, o‘n kun muddatda «Yosh kitobxon» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom yangitdan ishlab chiqiladi.

Mazkur nizomda:

— buyuk alloma, adib va mutafakkirlarning merosini chuqur o‘rganish maqsadida alohida nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etish;

— 2018-yilgi tanlovlarni Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlar ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish» kabi xalq dostonlari bo‘yicha o‘tkazish;

— keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli ro‘yxatlarni shakllantirish;

tanlov g‘oliblarini mukofotlash va rag‘batlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib rag‘batlantirish choralari nazarda tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring