Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obid Asomov nega «Bolajon» telekanalidan norozi ekanini aytdi

Obid Asomov nega «Bolajon» telekanalidan norozi ekanini aytdi

Foto: «Darakchi»

Bugun, 27-oktyabr kuni «O‘zbek multfilmi: kecha va bugun» mavzusida Xalqaro animatsiya kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

– O‘n daqiqalik multfilmning tayyorlanishi uchun davlat budjetidan 400 million so‘m sarflanadi, mutaxassislar esa sakkiz oy mashaqqat chekadi, — deydi Multipikatsion filmlar studiyasi DUK direktori Obid Asomov. — Biz katta mablag‘ evaziga ishlayotgan multfilmlar, menimcha, davlat kanalida namoyish etilishi kerak. Ammo... Hali-hanuz biz «Bolajon» telekanalidagi ko‘rinmas devorlarini buzib o‘tolmayapmiz. Xat bilan qilgan murojaatlarimiz zoye ketmoqda. Aksincha, ular internetdan o‘g‘irlik qilib, 2-3 soatli tayyor chet el multfilmlarini 5-6 kishi bilan ovozlashtirib, qo‘pol aytganda, foyda ko‘rmoqda. Ularni ham tushunaman, sababi biz tayyorlagan multfilmlardan moddiy naf yo‘q.

«Birinchidan, vaqti kam: 10 daqiqa. Ikkinchidan, tayyorlab beryapmiz, ular bundan pul ishlash imkoniga ega emas. Mana muammo qayerda: qanchadan-qancha mablag‘ behuda havoga sovurilmoqda. Eng muhimi, qariyb yarim milliard pul sarflanayotgan animatsion filmlar efirga uzatilishi kerak emasmi?», – qayd etdi u.

«Iloji bo‘lsa, haftaning biror kunida bu kungacha yaratilgan o‘zbek multfilmlarining namoyishi uchun vaqt ajratsak. Bolalarimiz faqat xorij multfilmlarini tomosha qilaversa, tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazishi bor gap. Yurtimizda ishlanib, jahon festivallarida yuqori o‘rinlarni olib kelayotgan animatsion filmlar bor, ularni ham telekanallarimizda ko‘rsataylik. Bolalarimiz multfilmlarimizni bir marta ko‘rishni xohlamas, ikki marta xarxasha qilar, ammo... baribir qiziqadi, bola ruhiyati shunaqa, tez-tez o‘zgarib turadi. Farzandlarimizni o‘zimizda ishlangan milliy multfilmlar tomoshasiga o‘rgatish vaqti keldi. Biz ham bu orada yanada zamonaviy, kichkintoy tomoshabinlarimizning qalbini bir lahzada zabt etuvchi multfilmlar tayyorlashga qurbimiz yetadi», – deya fikr bildirgan Multipikatsion filmlar studiyasi DUK direktori Obid Asomov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring