Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiq Otajonov vafot etdi

Ortiq Otajonov vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, janoza marosimi bugun, 17-may kuni asr namozidan keyin bo‘lib o‘tadi. Ijodkor O‘rikzor dahasidagi Said Vaqqos Ota qabristoniga dafn etiladi, deya yozmoqda «Kun.uz».

Ortiq Otajonov 1947-yil 30-yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston (1991-y.), Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston (1993-y.) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi bo‘yicha, 1967-y.) va Toshkent madaniyat instituti (1980-y.)ni tugatgan. Kuy-qo‘shiqlari bilan el e’tiboriga tushgan. 

Joriy yilning 4-aprel kuni Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara Otajonova 73 yoshida vafot etgandi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring