Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasiga qo‘shiladi

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasiga qo‘shiladi

Foto: Yoshlar media markazi

Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasining yosh kinoijodkorlardan tashkil topgan delegatsiyasi Gonkongda 23-Xalqaro kino va televideniye bozori FILMART («Hong Kong International Film&TV Market»)da ishtirok etmoqda. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.

Kinobozor doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston milliy kinokomissiyasining assotsiatsiyaga a’zo bo‘lishiga doir masalalar muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida tomonlar O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va «PROlogue» Xalqaro kinofestivalining taqdimoti Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Pusan kinofestivali doirasidagi Osiyo kinokomissiyalari assotsiatsiyasining Bosh assambleyasida taqdim etilishiga kelishib olishdi.

Bosh assambleyada a’zolik qo‘lga kiritilgandan so‘ng O‘zbekistondagi kinolokatsiyalar haqidagi ma’lumot har oy katta tirajdagi jurnallarda butun dunyoga tarqatiladi, shu bilan birga O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Osiyo assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosi sifatida xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarda tizimli ravishda ilgari suriladi.

Assotsiatsiyaga Malayziya, Singapur, Indoneziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Iordaniya, Rossiya, Yangi Zelandiya kabi yirik mamlakatlar a’zo hisoblanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring