Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Abdulazizova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Abdulazizova vafot etdi

15-mart kuni O‘zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Mirolim Isajonov «Facebook» sahifasida xabar berdi.

«Bugun O‘zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. Qadrdonimga aylangan bu ayol ko‘plab yaxshiliklari bilan qalb dunyoimdan alohida joy olgandi. U butun umrini yosh tomoshabinlar ma’naviyati uchun bag‘ishladi», deya yozgan jurnalist.

Dilbar Abdulazizova «Bahor qaytmaydi» video filmidagi Muqaddamning dugonasi Lobar roli bilan xalqimiz e’tiboriga tushgandi.

«Xabar.uz» tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring