Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sariosiyo voqealariga asoslangan film MTRK telekanallarida namoyish etiladi

Sariosiyo voqealariga asoslangan film MTRK telekanallarida namoyish etiladi

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2000-yildagi Sariosiyo voqealarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurti himoyachilariga bag‘ishlangan «Hayot» filmi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanalar orqali efirga uzatiladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Film namoyishi:

  • 13-yanvar kuni «O‘zbekiston» telekanalida — soat 22:00 da;
  • 14-yanvar kuni «Kinoteatr» telekanalida — soat 15:40 da;
  • 14-yanvar kuni «Yoshlar» telekanalida — soat 22:10 da.

Film ssenariysi Iqbol Mirzaaliyev, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimovga tegishli. Kinoasar 2000 yildagi Sariosiyo voqealarida qatnashgan farg‘onalik Hayot ismli yigitning taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma’lumki, 2000-yil avgust oyida janubiy sarhadlarimizga suqulib kirmoqchi bo‘lgan xalqaro terroristik guruhlarga qarshi olib borilgan kurash chog‘ida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Maxsus operatsiya kuchlari batalonining 21 nafar o‘zbek o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘lgan.

Film rejissyori Hilol Nasimov o‘zining «Tubanlik», «Odnoklassniki.ru», «Ajal jodusi» kabi kartinalari bilan tanilgan. Ushbu filmlar negizida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yotadi.

Shuningdek, O‘zbekiston MTRK telekanallari orqali bayram munosabati bilan «Serjantlar», «Sardor» va «Sardor 2» milliy seriallari, «Qasamyod», «Vatanparvar», «Jasur», «Vatan» va «O‘n sakkizinchi kvadrat» kabi filmlar namoyish etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring