Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherali Jo‘rayev va Bobomurod Hamdamov asarlaridan foydalanish taqiqlandi

Sherali Jo‘rayev va Bobomurod Hamdamov asarlaridan foydalanish taqiqlandi

2022 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, O‘zbekiston xalq artisti, Navoiy mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlanadi.

Mazkur taqiq O‘zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq amal qiladi.

Taqiq ularning asarlaridan ommaviy foydalanish, tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli ijtimoiy kanallar, platformalar va veb-saytlarda joylashtirish, shuningdek, asarlardan ommaviy tadbirlar va tantanalarda foydalanishga taalluqlidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring