Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Asliddin Isayevning «Ranglarda nur va joziba» ko‘rgazmasi ochildi

Toshkentda Asliddin Isayevning «Ranglarda nur va joziba» ko‘rgazmasi ochildi

Foto: «madaniyat.uz»

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi,  «Do‘stlik» ordeni sohibi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi kumush va oltin medallari sohibi, o‘nga yaqin xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi, mahoratli rassom Asliddin Isayevning «Ranglarda nur va joziba» nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Ko‘rgazmada rassomning yuzga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu asarlar kishini chuqur fikrlashga chorlaydi, ularda falsafiy qarashlar ilgari suriladi.

Rassom o‘z badiiy asarlari bilan ko‘plab respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Bolgariya, Chexoslovakiya, Polsha, Germaniya, Hindiston, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Angliya, va Italiya davlatlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda  faol ishtirok etgan.  Uning asarlari AQSh, Italiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Turkiya, Misr, Hindiston, Rossiya davlatlarida hamda Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Xorazm, Buxoro, Jizzax viloyatlaridagi muzeylarda va Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida saqlanmoqda.

 

Ko‘rgazma muzey zalida ikki oy davomida namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring