Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Amir Temur haqidagi film suratga olinmoqda

Turkiyada Amir Temur haqidagi film suratga olinmoqda

«Ulug‘ Amir va Donna Mariya» filmi Turkiya kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan Yolqin To‘ychiyevning murakkab postanovkali badiiy-tarixiy filmini suratga olish ishlari davom etmoqda.

Mazkur filmda yetuk sarkarda Amir Temurning ispan malikasi Donna Mariyani Turk sultoni Boyazit Yildirim zulmidan ozod qilishi, buning ramziy ma’nosi sifatida butun Ispaniya ozodligi aks etgan.

Film ssenariy muallifi Xayriddin Sulton, postanovkachi rejissyor Yolqin To‘ychiyev, operator Rustam Muratov, deb xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring