Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada «O‘zbek kinosi kuni» bo‘lib o‘tdi

Turkiyada «O‘zbek kinosi kuni» bo‘lib o‘tdi

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan «Korkut ota» xalqaro kinofestivalida taniqli o‘zbek kinoijodkorlari ham ishtirok etmoqda. Tadbir 8-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Kinofestival doirasida «O‘zbek kinosi kuni» tashkil etilib, «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali haqida video rolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tabrik uchun O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vaziri o‘rinbosari Ahmet Demirkan so‘zga chiqishdi.

Kechada o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari yangradi. Madaniy tadbir bayram tantanasiga aylanib ketdi. Shuningdek, taniqli o‘zbek kino va estrada yulduzlarining chiqishlari taqdim etildi.
Shundan so‘ng, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Rashid Malikovning «Tutqunlik» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘zbek kinoijodkorlari, Turkiyadagi vatandoshlarimiz va mahalliy aholi ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 11 noyabrdan Turkiya milliy telekanallarida o‘zbek filmlarining premeralari boshlandi. Shuningdek, kinofestival davomida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamrayevning «Xalq jasorati» va Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» filmlari ham namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring