Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuriy Stoyanov: «Mening onam Toshkentda jon saqlab qolgan»

Yuriy Stoyanov: «Mening onam Toshkentda jon saqlab qolgan»

Foto: «Sputnik»

Rossiya xalq artisti, aktyor va rejisser Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi faxriy turistik elchisi bo‘ldi. Uning fikricha, ushbu mamlakatning eng katta boyligi — uning insonlari. Bu haqda u «Sputnik»ka ma’lum qilgan.

Yuriy Stoyanov uni O‘zbekiston bilan oilasi tarixi bog‘lab turishini va sharqiy mehmondo‘stlik unga shunchaki yuzaki tanish emasligini aytadi.

«Mening onam evakuatsiya yillarida Toshkentda jon saqlab qolgan. Uni u yerda yedirishgan, kiydirishgan va ulg‘aytirishgan. Uning hayratlanarli hikoyalari o‘sha yerning oddiy va mehribon insonlariga nisbatan mehr va minnatdorlikka to‘la edi. O‘zim ham bir necha bor O‘zbekistonda bo‘lganman va aytishim mumkinki, u yerga shunchaki mehmondorchilikka emas, do‘stlar oldiga borish kerak. Ularning salomlashishidagi tavozening o‘ziyoq, har bir mehmonga qanchalik hurmatda bo‘lishini bildiradi», deya qayd etgan Stoyanov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring