Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zulfiqor Musoqov: «O‘zbekfilm»da 3-4 oydan beri oylik yo‘q. Bankada ikra olib borib non bilan yeb o‘tiribmiz»

Zulfiqor Musoqov: «O‘zbekfilm»da 3-4 oydan beri oylik yo‘q. Bankada ikra olib borib non bilan yeb o‘tiribmiz»

Foto: «Jurnalistika.uz»

Bugun, 26-dekabr kuni poytaxtimizda kinochilarning forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda telegramdagi «Jurnalistika.uz» kanali xabar berdi.

Ushbu anjumanda taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov «O‘zbekfilm» xodimlari 3-4 oydan beri oyliksiz ishlayotganini aytib o‘tgan.

«Bankada ikra olib borib non bilan yeb o‘tiramiz. Hamkasblarim shunday o‘tirganda kafelarda o‘tirolmayman. Ba’zi muammolar juda fojiali. Bugun boshlamaylik, gapiradigan dardlar ko‘p. Ularni alohida o‘tirib gaplashaylik», degan rejissyor.

Qayd etilishicha, Toshkentda «Kino uyi» qayta tiklanadi. Bu haqida «O‘zbekkino» rahbari Firdavs Abduholiqov ma’lum qilgan. Buning uchun «Zamin» restorani ajratiladi. Shuningdek, MTRK bilan yangi marifiy kanal ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani aytib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring