Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

2018 yilning 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan boradi va hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida e’lon qilindi.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qiladi. Alohida e’tibor atom energetikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalariga qaratiladi.

Muzokaralardan so‘ng Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev raisligida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 19-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, hukumatlararo hujjatlarni imzolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring