Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temurga tegishli bo‘lgan 3 ta qilich topildi

Amir Temurga tegishli bo‘lgan 3 ta qilich topildi

O‘zbek olimlari Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topilgani haqidagi ma’lumotni e’lon qilishdi

Amir Temurning bizga ma’lum bo‘lgan qilichi bugungi kunda Eron Islom respublikasidagi Tehron milliy muzeyida saqlanmoqda.

So‘nggi yillarda eronlik tarixchi olimlari tomonidan nashr qilingan bir qancha kitob-albomlarda Eron Islom respublikasi muzeylarida Amir Temurga tegishli bir emas, naq uchta qilich borligi ma’lum bo‘lgan.

Sohibqironga tegishli qilichlardan biri Tehron milliy muzeyida bo‘lsa, qolgan ikkitasi shahardagi Sa’dobod saroy-majmuasi hududidagi Harbiy muzeyda saqlanayotgani aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring