Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Ibatov Denovga hokim bo‘ldi

Baxtiyor Ibatov Denovga hokim bo‘ldi

Foto: «Turon24»

Baxtiyor Ibatov Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 10 noyabr kuni xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida ma’lum qilindi.

Baxtiyor Ibatov 8 noyabr kuni viloyat prokurori etib tayinlangan Ulug‘bek Qosimovning o‘rnini egalladi. U bugungacha Angor tumani hokimi sifatida ishlab kelgan.

Sessiyada viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring