Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxonada 16 ta qadimiy haykalcha to‘xatib qolindi

Bojxonada 16 ta qadimiy haykalcha to‘xatib qolindi

O‘zbekiston hududidan madaniy boyliklarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi bergan malumotga ko‘ra, O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklar belgilangan tartibda  bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan madaniy qimmatliklari borligi aniqlandi. Tekshiruvda esa qiymati 41 mln so‘mlik 16 dona turli shakldagi qadimiy haykalchalar topildi.

Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 8 dona chinnidan yasalgan haykalchalar o‘tgan asrning boshlarida yaratilgan san’at namunalari ekanligi aniqlanib, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring