Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaraoldi yaylovlardan foydalanish tartibi belgilandi

Chegaraoldi yaylovlardan foydalanish tartibi belgilandi

Joriy yil 9-oktyabrida Hukumat tomonidan yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishga doir qaror qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan mazkur Nizom chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibini  belgilovchi bob bilan to‘ldirilmoqda.

Ya’ni, endilikda chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan bir yilda bir marotaba shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan shaxslar foydalanishlari mumkin. Shakllantirilgan ro‘yxat esa DXX Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlariga yuboriladi.

Yerdan foydalanish ijara huquqi asosida amalga oshiriladi, mollarni o‘tlatishga faqatgina kunduz kuni ruxsat beriladi.

Shaxs yerdan foydalanish huquqini yo‘qotganda Qo‘mita 10 kunlik muddat ichida DXX Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlarini xabardor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring