Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qassob ikki kishini pichoqlab qo‘ydi. Ulardan biri vafot etgan

Farg‘onada qassob ikki kishini pichoqlab qo‘ydi. Ulardan biri vafot etgan

Farg‘onada fuqaro o‘zaro janjal ortidan ikki kishini pichoqlab qo‘ydi. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan.

Farg‘ona viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 17-avgust kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida fuqaro X.A o‘ziga tegishli shu tumanning Mirzabod mahallasi hududida joylashgan go‘sht do‘koni oldida fuqarolar A.T va Sh.T bilan o‘zaro gap talashib janjallashib ketgan.

Janjal davomida X.A fuqarolar A.T va Sh.T.larga  go‘sht do‘konidan olgan pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.T.ga yetkazilgan og‘ir tan jarohati oqibatida tibbiyot bo‘limida vafot etgan.

Fuqaro A.T yengil tan jarohati olib shifoxonada davolanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi  tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gumondor shaxs esa protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring