Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada salonida maktab o‘quvchilari bo‘lgan «Damas» YTHga uchradi

Farg‘onada salonida maktab o‘quvchilari bo‘lgan «Damas» YTHga uchradi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 21-noyabr kuni soat 08:20 larda sirdaryolik 24 yoshli fuqaro E.Sh. boshqaruvidagi «Isuzi» rusumli yuk avtomobili oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan, Uchko‘prik tumani Paloxon qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli haydovchi B.M. boshqaruvidagi «Damas» bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Xabar.uz manbasining ma’lum qilishicha, YTH natijasida, Buvayda tumanida yashovchi «Damas» yo‘lovchilari – 36 yoshli D.M. (ayol) va 35 yoshli  Q.G. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, «Damas»da yo‘lovchi bo‘lib ketayotgan Buvayda tumanidagi 7 maktabning ikki nafar 10-sinf o‘quvchilari – Sh.M. va N.X. lar hamda 35 yoshli A.D. va haydovchi B.M.lar turli darajada tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda tuman IIB TB tomonidan E.Sh.ga nisbatan O‘z.R.JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring