Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB qamoqqa olingan ayrim «avtoritet»lar haqida ma’lumot berdi

IIBB qamoqqa olingan ayrim «avtoritet»lar haqida ma’lumot berdi

Bir muddat oldin IIBB «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullayevning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. 

Poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi B.Qudratullayevdan tashqari yana ikki «kriminal avtoritet»ning tergovga jalb qilinganini ma’lum qildi.

IIBBga ko‘ra, 44 yoshli D.Sharipov va 51 yoshli A.Mirzaxanovlar Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov qilinyapti.

Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt IIBB avvalroq Toshkent shahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyevni bir guruh shaxslarni o‘z atrofiga to‘plab, qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlab, qo‘lga olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring