Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hazilning tagi…» – Jizzaxda ikki erkak pichoqlandi. Biri vafot etgan

«Hazilning tagi…» – Jizzaxda ikki erkak pichoqlandi. Biri vafot etgan

Joriy yil 8-avgust kuni soat 21:30 larda Jizzax viloyatining Zarbdor hamda Forish tumanlarida yashovchi mavsumiy ishchilar – 38 va 31 yoshli ikki fuqaro o‘zaro gaplashib turganida ularning suhbatiga Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro kelib qo‘shilgan.

Shunda jizzaxlik ikki fuqaroning biri uning cho‘ntagidan hazillashib, 50 ming so‘m pullarini olib qo‘ygan vaqtida janjal kelib chiqqan.

Nizo davomida bulung‘urlik shaxs sumkasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ushbu ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan, tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring