Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev va Erdo‘g‘onning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Mirziyoyev va Erdo‘g‘onning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti bugun Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati chuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda so‘zlari bildirildi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7 fevral kuni O‘zbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring