Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlar reytingini aniqlashda futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi

OTMlar reytingini aniqlashda futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi

Endilikda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda oliygohda futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori belgilab qo‘yilmoqda.

Qarorda, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga O‘FA bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hamda davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport  inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklanyapti.

Shuningdek, vazirlik har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalarini shakllantirsin hamda ularning «Talabalar ligasi» dasturi doirasida o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘liq ishtirok etishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring