Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zatom» Rossiya tomoni bilan kam quvvatli AES qurish bo‘yicha navbatdagi hujjatni imzoladi

«O‘zatom» Rossiya tomoni bilan kam quvvatli AES qurish bo‘yicha navbatdagi hujjatni imzoladi

«O‘zatom» Atom energiyasi agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi va «Atomstroeksport» AJ («ASE» AJ, «Rosatom»ning muhandislik bo‘limi) O‘zbekistonda qurilajak kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

Hujjat O‘zbekiston Hukumati huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayev va «Rosatom« davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari – Xalqaro faoliyat bloki direktori Nikolay Spasskiy ishtirokida imzolandi.

Qayd etilishicha, hujjatning imzolanishi qurilish maydonchasida loyihani amalga oshirish uchun tayyorlov ishlari, loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish hamda litsenziyalash ishlarini amalga oshirishning faol bosqichga o‘tishini ta’minlaydi.

«Bugun imzolangan bayonnoma tomonlarning normativ va moliyaviy majburiyatlari nuqtai nazaridan ustuvor shartlarning bajarilishini belgilab beradi. Rosatomning muhandislik bo‘limi KQAESni joylashtirish uchun litsenziya olish va qurilish maydonchasida qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha faol bosqichga o‘tishni boshlaydi», – deydi ASE AJ Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyalarini qurish loyihalari direktori Pavel Bezrukov.

AES loyihasi bo‘yicha dastlabki ishlar yozning iyun oyida boshlangan bo‘lib, unda bo‘lajak atom elektr stansiyasi qad rostlaydigan maydonda birinchi qurilish Shtabi joylashtirilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 27-mayda imzolangan shartnoma Rossiya loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida umumiy quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt dan 6 ta reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. AES qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi «Atomstroeksport» AJ hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring