Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tomoni Kobuldagi terrorchilik xurujini keskin qoralaydi

O‘zbekiston tomoni Kobuldagi terrorchilik xurujini keskin qoralaydi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil 11-yanvar kuni Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini qoralab bayonot berdi.

«Ushbu terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. Bu qabih harakat ko‘plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo‘ldi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», – deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur terrorchilik aktiga oid xabar berilgan va hodisa qurbonlari 5 nafarga yetgani hamda o‘nlab jarohatlanganlar borligi aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring