Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda eski mojarolarga yechim topish bo‘yicha tajriba bor – ekspert

O‘zbekistonda eski mojarolarga yechim topish bo‘yicha tajriba bor – ekspert

O‘zbekistonda mintaqaviy yarashuv va eski mojarolarga yechim topish bo‘yicha amaliy tajriba mavjud.

Yevroosiyo davlatlari rahbarlarini Samarqandda ShHT sammitiga yig‘ayotib, O‘zbekiston faqat umumiy deklaratsiyalar va quruq bayonotlar bilan cheklanib qolinishini istamaydi. Biz butun dunyo e’tiborini Markaziy Osiyoning mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tajribasiga qaratmoqchimiz. Bizda taklif qilish uchun ko‘p g‘oyalar bor.

Qarang, bundan bor-yo‘g‘i 10 yil avval mintaqamizning beshta davlatlari orasida munosabatlar juda tarang edi. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza rejimi mavjud edi. Mamlakatlar o‘rtasidagi unchalik sog‘lom bo‘lmagan raqobat tufayli ko‘plab suv, transport va boshqa transchegaraviy masalalar falaj bo‘lib qolgani ayni haqiqat edi.

Biz bu masalalarga eng qisqa muddatda yechim topishga hamda barcha muammolarni yengishga muvaffaq bo‘ldik. Endilikda Markaziy Osiyo mintaqasi postsovet hududida muvaffaqiyatli hamkorlik va tinchlikka misol bo‘la oladi. Bu haqiqat. Agar biz buning uddasidan chiqa olgan bo‘lsak, boshqalar ham eplay oladi. O‘z farovonligingiz yo‘lida ayrim xohish-istaklaringizni tiya bilishingiz darkor.

Marat AITOV,

SMTI eksperti

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring