Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet Toshkentning bugungi havosi haqida ma’lumot berdi

O‘zgidromet Toshkentning bugungi havosi haqida ma’lumot berdi

Atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, 4-fevral soat 8:00 holatiga Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 26,2 mkg/m3 ni tashkil etgan.

O‘zgidromet  ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich SanEQvaN (sanitariya qoidalari va normalari) 0293-11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan  me’yordan oshmadi.

PM2,5 mayda dispersli zarrachalar  miqdori 23,7 mkg/m3 ni tashkil etdi va JSST tavsiyalaridan 4,7 marta oshdi (5 mkg/m3).

Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,5 mg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (5 mg / m3) bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan oshmadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring