Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokurorning xizmat avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Prokurorning xizmat avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Joriy yilning 1-dekabr kuni Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahri prokurori ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha kuni G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili Navbahor tumani M.Ulug‘bek mahallasi hududida yo‘lning keskin burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Nurota tumani Temirqovuq mahallasida yashovchi fuqaro M.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida fuqaro M.O. hamda G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. tan jarohati olgan.

Avtomashina haydovchisi yonida bo‘lgan G‘ozg‘on shahar prokurori B.Isoqov tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy, avtotexnika va boshqa ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan xizmat tekshruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring