Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda bola o‘g‘irlangani aytilgan videotasvir tarqalgan edi. Holatga izoh berildi

Qo‘qonda bola o‘g‘irlangani aytilgan videotasvir tarqalgan edi. Holatga izoh berildi

Qo‘qonda voyaga yetmagan bolani zo‘rlik bilan mashina yukxonasiga joylagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan.

Bosh prokuratura axborot xizmati xabariga ko‘ra, voyaga yetmagan bolani onasining murojaatiga asosan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta’minlandi.

Gumonlanuvchi shaxs esa protsessual tartibda ushlangan. 

Tergov haraktlari Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIBning aniqlik kiritishicha, joriy yilning 14-may kuni Qo‘qon shahar Obodyurt ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan M.M. ushbu mahallada turar joyga ega bo‘lgan qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko‘rgan M.A. voyaga yetmagan shaxsni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan «Neksiya 2» rusumli avtomashinasining yukxonasiga solib avtomashinani harakatlantirgan paytda M.M.ning onasi V.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Fuqaro M.A.ga nisbatan dastlab MJtKning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan, biroq yuqorida ta’kidlanganidek, keyinchalik vaziyat jinoiy ishlar doirasida o‘rganilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring