Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

Joriy yil 25-avgust kuni Hukumatning «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etilgan.

Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro‘yxati «kundalik.com» platformasi orqali yuritiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev 2021-yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonga qilgan tashrifida 1-4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, keytering – hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring