Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun oliygohlarda alohida 6,5 mingta qabul kvotasi ajratiladi

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun oliygohlarda alohida 6,5 mingta qabul kvotasi ajratiladi

Faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy  etiladi. Bu haqda bugun, 26-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida aytib o‘tildi.

Nomzodning Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga  7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;

- bo‘sh turgan davlat ob’yektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’yektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

- Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;

- faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring