Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat va Quyi palataga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilyapti

Senat va Quyi palataga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilyapti

Parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasiga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilyapti.

Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o‘tkaziladi. Senatning yangi tarkibi esa 1 oy mobaynida shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Oliy Majlisning Senat hamda Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunlariga ko‘ra, Parlamentning har ikki palatasi Prezidentning Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin:

  • har ikki palata tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki ular bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
  • ikkala palata o‘rtasida Oliy Majlisning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda.

Shuningdek, amaldagi tartibda Senat tarqatib yuborilgan taqdirda uch oy mobaynida uning yangi tarkibi shakllantiriladi. Quyi palataga yangi saylovlar ham uch oy mobaynida o‘tkazilishi kerak.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring