Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda «Xalqaro festival» start olyapti

Shahrisabzda «Xalqaro festival» start olyapti

2023-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar turizm vazirlarining IV yig‘ilishida Shahrisabz shahriga 2024 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti maqomi berilishi ma’lum qilingan edi.

Shu munosabat bilan Shahrisabz shahrida joriy yilning  25-27 aprel kunlari «Xalqaro festival» bo‘lib o‘tadi.

Unda Shahrisabzning ushbu maqomni olishini keng miqyosda nishonlash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ayni damda shaharda «Xalqaro festival» doirasida OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziri, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Boriyev, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring