Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining maoshi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining maoshi haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Xabar.uz muxbirining ma’lum qilishicha, davlat rahbari uchrashuv vaqtida shifokorlarning maoshiga borasida ham to‘xtalib o‘tgan.

– Tibbiyot xodimlarining oyligi 30 foizgacha oshirildi. Shuningdek, shifokorlarga ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish va ustama to‘lovlari joriy etildi.

Umuman, joriy yilda tibbiyotga 28 trillion so‘m ajratilyapti va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravar ko‘p, degani. Ammo bu tadbirlar yetarli, deb o‘ylamayman. Pandemiya bo‘lmaganida maoshlar bundan ham oshgan bo‘lardi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari, shuningdek shifokorlar malakasini yanada oshirish zarurati haqida ham gapirib o‘tdi.

– Biz chiroyli binolar qurganimiz bilan malakali shifokorlar bo‘lmasa, qilgan ishlarimiz ko‘zga tashlanmaydi. Shifokorlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratishimiz lozim, – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring