Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda saqlanayotgan qadimiy «Usmon mushafi» konservatsiya qilinadi

Toshkentda saqlanayotgan qadimiy «Usmon mushafi» konservatsiya qilinadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Toshkentda YuNESKO tomonidan «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgan «Usmon mushafi» (Toshkent Qur’oni) qadimiy qo‘lyozmasini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

«Ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shadigan barchaga minnatdorlik izhor etaman. Birgalikda biz muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qola olamiz», – deb yozadi Mirziyoyeva. 

Eslatib o‘tamiz, «Usmon mushafi» Qur’oni karimning bugungi kungacha saqlanib qolgan eng qadimiy qo‘lyozmasi hisoblanadi. Muqaddas Kitob VII asrda hijoz xatida yozilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey kutubxonasida saqlanadi. 1997-yilda YuNESKO uni «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritgan.

Mazkur muqaddas kitobni konservatsiya va restavratsiya qilishda xorijlik mutaxassislar, jumladan Kembrij universitetidan Kristine Rose, fransiyalik restavratorlar Axelle Deleau va Coraliye Barbe, shuningdek, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydarlar ishtirok etmoqda. Ular har bir sahifani sinchiklab ko‘zdan kechirib, bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqadilar hamda kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni beradilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring