Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaga O‘zbekistondan bir guruh qutqaruvchilar jo‘natiladi – Prezident topshirig‘i

Turkiyaga O‘zbekistondan bir guruh qutqaruvchilar jo‘natiladi – Prezident topshirig‘i

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun O‘zbekiston FVVning bir guruh qutqaruvchilarini yuborish to‘g‘risida topshiriq bergan.

«Prezident topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi», – deb yozmoqda Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Turkiya Tashqi ishlar vaziligi mamlakatda kuzatilgan tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashda hamda qidiruv va qutqaruv ishlarida xalqaro yordam so‘rayotgani aytilgan va Gollandiya, Ozarbayjon va Angliya kabi davlatlar yordam jo‘natgani ma’lum qilingan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring