Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi ish boshladi

Innovatsiya vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi ish boshladi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tashkil etilgan edi. Kecha, 4-aprel kuni mazkur markaz rasman faoliyatini boshladi.

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan, g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.  Mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirishham markazning asosiy vazifalaridandir.


Mavguga doir:
Endi urug‘larni eksport qilish Innovatsiya vazirligi qarori bilan amalga oshiriladi


Bundan tashqari,  tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu markaz  urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Yana bir muhim jihati, urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

Markazning birinchi ishchi yig‘ilishida Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov qatnashdi. Yig‘ilishda markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy jihatlari muhokama qilindi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan kechgan suhbat chog‘ida hududlardagi soha bo‘yicha muammolar va ularni yechish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring