Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir Ozodbek Nazarbekovning «yashirin» biznesi oshkor bo‘ldi

Vazir Ozodbek Nazarbekovning «yashirin» biznesi oshkor bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning «Koba san’at majmuasi» MChJning ta’sischisi ekanligiga oid xabarlar tarqaldi. Bu vaziyatga Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi izoh berdi.

Agentlikning yozishicha, o‘rganish mobaynida haqiqatdan ham O.Nazarbekovning 2016 yil 16 martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Koba san’at majmuasi» MChJda 100 foizlik ulush bilan ta’sischi ekanligi aniqlangan.

Agentlikning ta’kidlashicha, davlat xizmatchilari ish vaqtidan tashqari tadbirkorlik va boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmasliklari shart, qonunlar va prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Oxir-oqibat qonunchilikka nomuvofiqlik bartaraf etilib, «Koba san’at majmuasi» MChJ ta’sischisi o‘zgartirilgan.

Shuningdek, Madaniyat va turizm vazirligiga agentlik tomonidan  «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qat’iy rioya qilinishini hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga rioya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Ma’lumot uchun, «Koba san’at majmuasi» faoliyat turi umumiy ovqatlanish bo‘lib, kompaniyaning ustav kapitali 404 800 000,00 million so‘mni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring