Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiy viloyatlari elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilyapti. Vaziyatga izoh berildi

Vodiy viloyatlari elektr ta’minotida qisqa uzilishlar kuzatilyapti. Vaziyatga izoh berildi

Vodiy viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, bunga bugun soat 14:13 da mazkur hudud iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli «L-524» elektr uzatish tarmog‘idagi yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.

Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg‘ona va Andijon)ning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

«Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta’minlanadi», – deyiladi noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan vazirlik munosabatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring