Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shu kunga qadar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida ishlab kelgan Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Allabergenova Nilufar Anvarovna 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yakkasaroy tumani prokurori sifatida esa 2019-yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring